Aleksandr Merzlyakov "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2016, 17:14
"Paxtakor" klubi himoyachisi faoliyatini "Buxoro"da davom ettiradi.

Chap qanot himoyachisi Jamshid Saidov boshchiligidagi "Buxoro" klubi yig'iniga borib qo'shilgani haqida xabar bergandik. Futbolchi jamoa bilan 1 yillik shartnoma tuzdi.

O'tgan mavsumda Merzlyakov 26ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi. O'z navbatida murabbiylar chap qanot himoyachisi Sahob Jo'raevga javob berishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia