Alberto Zakkeroni: "Xonda – terma jamoamizning muhim futbolchisi"

Aziz Tukhtamuradov
19 iyun 2014, 16:48
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Alberto Zakkeroni Gretsiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Xondadan avval o'z ishini qanday bajargan bo'lsa shunday harakat kutaman. U biz uchun judayam muhim futbolchi.

So'nggi to'rt yilda Xonda ajoyib futbol namoyish etdi. Shu sabali, uni jamoamizning muhim futbolchisi deyishimning hayron qolarli joyi yo'q. U ajoyib futbolchi.

Gretsiya terma jamoasi doimo o'zining kurushuvchanligi bilan ajralib turgan. Ular birdamlikda harakat qiladilar va bu ularga g'alaba olib keladi. Biz ushbu o'yinda vaziyatlarni golga aylantirishimiz judayam muhim. Gretsiya – qiyin raqib.

Agar guruhdan chiqishni istasak kelasi o'yin biz uchun judayam muhim bo'ladi",– deydi Zakkeroni.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru