

Ronaldu "Qirollik klubi"ning "Atletiko"dan uchragan mag'lubiyatidan so'ng (0:1) quyidagi so'zlarni aytdi: "Agar hamma mening darajamda bo'lganida, "Real" birinchi o'rinda turardi".
"Men Ronaldu so'zlarini eshitganim yo'q. "Barselona" haqida gapiradigan bo'lsam, jamoamiz juda axil. Hech kim o'zini boshqalardan ustun qo'ymaydi. Hujum chizig'imizda maydonda hal qiluvchi rolni o'ynaydigan futbolchilar bor. Ammo ularning har biri o'zini boshqalardek tutadi. Boshqa jamoalar haqida hech narsa deya olmayman" - deydi Alba.



