Alabaga shartnomani uzaytirish taklif qilindi

Sherzod Nurmatov
26 may 2020, 23:53
"Bavariya" o'z himoyachi David Alaba bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Myunxen klubi 27 yoshli futbolchiga shartnomani uzaytirish taklifini bildirdi.

Bild jurnalisti Kristian Falkning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" avstriyalikka yiliga 20 million evrodan ko'p pul to'lamoqchi emas.

Alabaning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi. Xabar qilinishicha, shaxsan Myunxen jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda.

Alaba joriy mavsum Bundesligada 22 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern