Gap shundaki, "Bunyodkor" bilan bir guruhda o'ynayotgan "Al Jaish" OCHLdagi legionerlar limitini buzgan. Bu holatga "Al Fath" klubi mutasaddilari e'tibor qaratishgan.
OCHLda klublar 3+1 legionerlar limitidan foydalanish huquqiga egalar. "Al Jaish" safida guruh bosqichida Anderson Martins, Nilmar (ikkisi Braziliya), Jires Kembo Ekoko (Fransiya), Muhammad Matnani (Tunis), Rami Fayoz (Iordaniya) va Seul Ki Go (Janubiy Koreya) kabi legioner futbolchilar maydonga tushishdi. Bu ham etmagandek Vagner Ribeyro (Braziliya) har uchala o'yinda zaxira futbolchilari orasida qayd etilgan.
OFK bu vaziyatni o'rganib chiqib Qatar klubining barcha o'yinlariga texnik mag'lubiyat yozdi, raqib jamoalarga esa texnik g'alabalar berildi. "Al Jaish" ustozi tunislik Nabil Malul esa OCHLda ham xuddi YCHL kabi legionerlarga limit yo'q deb hisoblagani uchun futbolchilarni maydonga tushirganini ma'lum qilgan. Ammo OFK o'z qarorini o'zgartirmadi.
Shundan so'ng, "B" kvartetidagi vaziyat tubdan o'zgarib ketdi.
25 martdagi vaziyat
Endi "Bunyodkor" guruhda ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Agar bugun "qaldirg'ochlar" g'olib bo'lishsa birinchi o'ringa chiqib olishadi.
Albatta, bu 1 aprel hazili edi.

| # | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | Ochk |
| 1 | Al Jaish | 3 | 1 | 2 | 0 | 2 - 1 | 5 |
| 2 | Fulad | 3 | 1 | 2 | 0 | 2 - 1 | 5 |
| 3 | Bunyodkor | 3 | 0 | 2 | 1 | 2 - 3 | 2 |
| 4 | Al Fath | 3 | 0 | 2 | 1 | 0 - 1 | 2 |
1 apreldagi vaziyat
| # | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | Ochk |
| 1 | Fulad | 3 | 2 | 1 | 0 | 2 - 1 | 7 |
| 2 | Bunyodkor | 3 | 1 | 2 | 0 | 1 - 1 | 5 |
| 3 | Al Fath | 3 | 1 | 1 | 1 | 0 - 1 | 4 |
| 4 | Al Jaish | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 - 0 | 0 |