"Al-Sadd" Xaviga etti yillik shartnoma taklif qildi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2015, 15:51
"Al-Sadd" klubi rahbariyati "Barselona" yarim himoyachisi Xavi Ernandesni o'z safiga qo'shib olish niyatidan voz kechgani yo'q.

Xabarlarga ko'ra, "Al-Sadd" Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisiga etti yillik shartnoma taklif qilyapti. Shartlarga ko'ra, Xavi uch yil futbolchi sifatida faoliyat yuritib, klub akademiyasiga ham yordam beradi, qolgan to'rt yil esa Xavi "Al-Sadd" elchisi bo'ladi. Bitimning moliyaviy tomonlari haqida hech qanday ma'lumot yo'q.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com