

Bugun "Al Nassr"ning sport direktori Fernando Erro klub portugaliyalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilayotganini ma'lum qildi. CBS Sports jurnalisti Jeyms Benjning yozishicha, "Al Nassr" futbolchi bilan yangi shartnoma tuzib, uni yozda "Al Hilol"ga qisqa muddatli ijaraga berishi mumkin. Saudiya Arabistoni Davlat investiciya jamg'armasi (PIF) Ronalduning klublar jahon chempionatida ishtirok etayotgan boshqa mamlakat klubiga qo'shilishini istamayapti.



