"Al Nassr" APLdan 75 mln evroga hujumchi olib kelmoqda

Administrator
30 yanv 2025, 00:27
Tomonlar deyarli kelishib olishdi.

"Al Nassr" klubi "Aston Villa"ning 21 yoshli hujumchisi Jon Duranni 75 mln evroga sotib olish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi.

Ushbu bitimni imzolash uchun rasmiy qadamlar tashlansa bas. Bundan tashqari Saudiya Arabistoni vakillari "Bayer" futbolchisi Viktor Bonifase bilan ham parallel ravishda muzokaralar olib borishmoqda.  

Ma'lumot uchun, Duran ushbu mavsum APLda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano