"Al Jayish" durang o'ynadi, Rashidov 55 daqiqa harakat qildi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2016
Sardor Rashidov to'p tepuvchi Qatarning "Al Jayish" klubi mamlakat chempionatining 4-tur uchrashuvlari doirasida "Ar Rayyan" mehmoni bo'ldi.

O'yinda hisobni "Jayish" klubi yarim himoyachisi Seydu Keyta ochdi. Uchrashuv so'nggida mezbonlar hujumchisi Serxio Garsiya muvozanatni tikladi - 1:1. Rashidov bahsni asosiy tarkibda boshlab 55-daqiqada almashtirildi.

"Al Jayish" 4ta o'yindan 10 ochko to'plab musobaqa jadvalida 2-pog'onada bormoqda.

Klub keyingi o'yinni 28 oktyabr kuni "Umm Salal"ga qarshi o'tkazadi.

Qatar Yulduzlar ligasi. Musobaqa jadvali

"Ar Rayyan" - "Al Jayish" 1:1
Gollar:
Serxio Garsiya 90+1 - Seydu Keyta 20


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia