"Al Hilol" o'z maydonida o'zbek klublariga mag'lub bo'lmagan. "Navbahor" ananani to'xtata oladimi?

Iskandarov Abdulaziz
16 sen 2023, 19:02
Namanganning "Navbahor" jamoasi OCHLda o'z ishtirokini guruh bosqichida davom ettiradi.

Bu yo'ldagi ilk raqib esa Saudiya Arabistoning nomdor futbolchilariga ega "Al Hilol" jamoasi. 

"Lochinlar" Ar-Riyodda mehmon bo'ladigan O'zbekistonning oltinchi klubi hisoblanadi. Bungacha "Mashal", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", OKMK "Al Hilol" bilan mehmonda kuch sinashishgan va ortga g'alabasiz qaytgan.  Faqatgina ikki klub "Al Hilol"dan safarda ochko olishni uddasidan chiqqan .  Bular - "Lokomotiv" va OKMK. 

Ma'lumot uchun, "Al Hilol" - "Navbahor" uchrashuvi 18 sentyabr kuni 23:00da start oladi. 

"Al Hilol"ning o'z maydonida O'zbekiston klublariga qarshi o'tkazgan o'yinlari:

"Al Hilol" - "Mashal" 5:0

"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0

"Al Hilol" – "Bunyodkor" 3:0

"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:0

"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:0

"Al Hilol" – "Lokomotiv" 3:1

"Al Hilol" – "Paxtakor" 4:1

"Al Hilol" - "Lokomotiv" 0:0

"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:1 

 "Al Hilol" - OKMK 2:2


"Navbahor" bu yoqimsiz ananani to'xtatishiga umid qilib qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia