"Al Ahli" Firminoni ijaraga berib yuborishga tayyor, faqat buning bir sharti bor

Mirjalol Normatov
6 yanv 2024, 00:44
Yarim yillik faoliyatdan so'ng Roberto Firmino Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin.

Oldinroq "Liverpul"ning sobiq futbolchisi "Al Ahli"dan ketishni istayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Uning xizmatlariga "Fulxem" tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi.

"Evening Standard" nashri xabariga ko'ra, "Al Ahli" braziliyalikni yanvar oyida ijaraga berib yuborishga tayyor turibdi. Biroq buning uchun yangi jamoasi uning haftalik 378 ming evro maoshini to'lashga rozi bo'lishi kerak.

Shu sababli Firminoga faqatgina Angliya yoki Turkiya klublari da'vogarlik qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Firmino 8 mavsumlik faoliyatidan keyin "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etib, Saudiya Arabistoni tomon yo'l oldi. "Al Ahli" tarkibida u 17 uchrashuvda 3ta gol urdi (ilk uchrashuvdayoq xet-trik).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standard