

“Neftchi” hamisha o'z oldiga katta maqsad va vazifalarni qo'yib o'ynaydigan jamoa. Bu yilgi mavsumni “Neftchi” bir tekisda o'tkaza olmayotgandi. G'alabalar kutilmagan mag'lubiyatlar, keraksiz duranglar bilan almashinib turganligi sababli ishqibozlarning ko'ngli to'lmayotgandi. Shu boisdan ham ular bugun bizdan faqatgina g'alabani talab etishdi. Uchrashuvning birinchi taymida ob-havoning issiqligi har ikkala jamoa o'yini sifatiga ta’sir ko'rsatdi. Ikkinchi taymda esa muxlislar yuqori templi, hujumkor futbolning guvohi bo'lishdi. Bugun kim birinchi bo'lib gol ursa o'sha jamoa g'alaba qozonardi. Shukurki, bu vazifani bizning jamoa a'zolari uddalashdi. Natijadan xursandmiz. Davralar oralig'idagi tatil arafasida jamoamizga yutuq suv va havodek zarur edi. Endi ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlaymiz. Qisqa tanaffusdan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tamiz. Men ham ikkinchi davradan e'tiboran bevosita maydonda tushishimni, jamoadoshlarimga yordamim tegishini sabrsizlik bilan kutayapman. Nasib bo'lsa mavsumni yuqori notalarda, kuchlilar safida yakunlashni maqsad qilganmiz, deydi Akmal Xolmatov.
"Metallurg" matbuot xizmati
"Metallurg" matbuot xizmati



