Dilshod Sharofetdinov va Akmal Xolmatov "Dinamo" U-19 jamoasida ish boshladi

Iskandarov Abdulaziz
3 fev 2026, 09:15
"Dinamo" PFK rahbariyati 2026 yilgi mavsumda mahalliy yosh o'yinchilarni tarbiyalash va ularni asosiy jamoaga tayyorlash masalasiga ham e'tiborni yanada oshirmoqda.

Shu maqsadda, o'tgan yillar davomida "Dinamo" klubi sharafini himoya qilgan, klub murabbiylar shtabi va rahbariyatida faoliyat yuritgan Dilshod Sharofetdinovga "Dinamo" U-19 jamoasini boshqarish vazifasi yuklatildi. U shuningdek, jamoa texnik direktori sifatida ham faoliyat yuritadi.

"Dinamo" U-19 jamoasida samarqandlik yana bir mahalliy mutaxassis Akmal Xolmatov ham murabbiy sifatida ish boshladi. Akmal o'tgan yillar davomida ham "Dinamo" yoshlar jamoalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan edi. Dilshod Sharofetdinov va Akmal Xolmatov U-19 jamoasini yangi darajaga olib chiqib, yangi iqtidorlarni kashf etish va o'rinbosarlar hamda asosiy jamoaga tayyorlash ustida birgalikda ish olib borishadi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати