Akmal Shorahmedov: “Oldimizda yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi”

Aslanov Jasurbek
13 avg 2017, 14:25
Kecha bo'lib o'tgan “Buxoro” – “Nasaf” 1:0 uchrashuvidan so'ng. Jamoamizning yetakchi futbolchisi, tajribali himoyachimiz Akmal Shorahmedovdan bo'lib o'tgan o'yin haqidagi fikrlarini so'radik.

-Muhim uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganimizdan afsusdaman. Menimcha jamoadoshlarim keyingi o'yin haqida ko'proq o'ylab yuborishdi (“Nasaf” 18-turda “Bunyodkor” bilan bellashadi - izoh muallifniki). Bugun bizga kurashuvchanlik ruh yetishmadi. Raqib jamoa bizga nisbatan bu borada ustunlik qildi. Bu kamchiligimiz ketma-ket takrorlanayapti, yani safardagi o'yinlarni sust o'tkazayapmiz. Endi bunga chek qo'yish kerak. To'g'risi, muxlislarimizni tushunib turibman, ular vaqtlarini ayamasdan, uzoq masofa yo'l bosib, biz bilan birga bo'lishdi. Buni qadriga yetishimiz kerak. Chempionatda  oddiy o'yinlar bo'lmaydi. Har bir gol, har bir ochko, qo'lga kiritiladigan yakuniy natijaga katta ta’sir ko'rsatadi.

Oldimizda yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi, “Bunyodkor” bilan uchrashuv. Bu uchrashuvda g'alaba qozonishimiz zarur va shart. Bizni boshqa natija qoniqtirmasligi kerak. G'alaba qozonish uchun esa har tomonlama tayyorgarlik ko'ramiz. Bu tayyorgarliklar ertadan boshlanadi. Umid qilamanki, jamoadoshlarim buni chuqur anglab turishibdi. Buni biz uddalaymiz.

Jamoamiz muxlislariga esa, kayfiyatni tushurmasdan “ajdarlar”ni har doimgidek qo'llab-quvvatlang, biz bir maqsad uchun kurashadigan – yakdil jamoamiz deb, qolaman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz