Aymar Malayziya klubiga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2013, 12:41
33 yoshli hujumkor yarim himoyachi Pablo Aymar bir necha hafta oldin "Benfika"dan ketgandi.
U yaqin orada Malayziyaning "Joxor" klubidan o'rin oladi. Bu haqda klub rahbariyati xabar berdi, ammo hali shartnoma imzolangani haqida aytilmadi.

Aymar qadrdon "River Pleyt" klubiga qaytishi mumkin edi. "Joxor" safida 2008 yilgi Yevropa chempioni bo'lgan Daniel Guisa ham to'p tepadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com