Aguero markaziy bahsda qatnashmaydi

Mirjalol Normatov
6 noya 2020, 22:14
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 8-turida hujumchi Serxio Aguero o'ynamasligini aytdi.

Murabbiyning aytishiga ko'ra, forvard jarohatini qaytalab olgandi. Yodingizda bo'lsa, Aguero "Bernli"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olib, safdan chiqqandi. Iyun oyida operaciya qilingan futbolchi oktyabr oyi o'rtalarida mashg'ulotlarni boshlagandi.

Biroq APLning 6-turida u "Vest Xem"ga qarshi o'yinda jarohatini qaytalab olgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal