Aguero APLning ketma-ket 8ta mavsumida 10ta va undan ko'p gol urdi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2019, 15:44
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero "Liverpul"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 21-tur o'yinida (2:1) gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bu gol argentinalik forvardning Angliya chempionati joriy mavsumidagi 10-gol bo'ldi. Shunday qilib, Aguero ketma-ket sakkizinchi mavsum Angliya chempionatida 10ta va undan ko'p gol urishga erishdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u Terri Anriga yetib oldi. Ushbu natija bo'yicha argentinalikdan yaxshiroq natija qayd etganlar Frenk Lempard (10ta mavsum) va Ueyn Runi (11ta mavsum).

Aguero APL rekordini o'rnatdi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com