AGMKning eronlik legioneri: "Bunday katta jamoaga mag'lubiyatlar yarashmaydi"

Iskandarov Abdulaziz
12 mar 2022, 10:10
Olmaliqning AGMK jamoasi Superliganing ikkinchi turida safarda "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Mazkur bellashuvdan so'ng maydonda faol harakatlari bilan ajralib turgan AGMKning eronlik legioneri Siyovush Haqnazariy saytimiz muxbiriga fikrlarini bildirdi. 


"Stadionga kelgan muxlislar chiroyli o'yin ko'rishdi. Lekin natija biz uchun yaxshi emas. AGMK ham yomon o'yin ko'rsatdi, deya olmayman. Chunki bir qancha qulay vaziyatlar yaratdik. Gol urishda omad bizdan yuz o'girdi. Yomg'ir futbolchilarning yanada oldinga o'tishiga, ko'proq harakat qilishiga yordam berdi. Hech kim maydonda to'xtab qolmadi. Navbatdagi o'yinda uch ochkoni o'zimizniki qilishimiz shart. Bunday katta jamoaga mag'lubiyatlar yarashmaydi",- deydi Haqnazariy

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia