AGMK tatilni yakunladi va yig'inga kirishdi

24 dek 2019, 23:08
Olmaliqning AGMK futbol jamoasi qishki tatilni yakunlab ishga kirishgani haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

"AGMK jamoasi bugundan Qibrayda to'plandi. 20 kunlik qishki tatildan qaytgan jamoamiz bugundan Qibraydagi qarorgohda to'plandi va yil oxiriga qadar davom etadigan dastlabki yig'inni boshladi. Hordiq chiqarib qaytgan jamoamiz bugun kunning ikkinchi yarmida klub qarorgohida to'plandi va yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi ilk yig'inga kirishdi. Dastlabki kungi mashg'ulot engil, asosan yugurish va chigalyozdi mashqlari bilan o'tkazildi. Dastlabki yig'in doirasidagi mashg'ulotlarda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini tiklash jarayoniga ko'proq e'tibor qaratishni maqsad qilishgan. Yil so'nggiga qadar davom etadigan 6 kunlik mashg'ulotlarda futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga e'tibor qaratiladi. AGMK jamoasining transfer siyosati, selekciya va tarkibdagi o'zgarishlar borasida yangi yil, yani yanvar oyidan e'tiboran boshlanadigan ikkinchi yig'in oldidan ma'lumotlar beriladi. Hozircha tarkib borasida o'zgarishlar yo'q. Ertadan jamoamiz kuniga ikki mahaldan shug'ullanishni boshlaydi. Mazkur yig'in 29 dekabrga qadar davom etadi va shundan so'ng yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilar qisqa muddatli tatil beriladi", - deyiladi AGMK matbuot xizmati bergan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: АГМК матбуот хизмати