Agent: "Ronaldu ketmasa kerak"

Mirjalol Normatov
9 noya 2021, 22:18
Portugaliyalik agent Paulu Barboza hujumchi Krishtianu Ronalduning MYUdan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Bu bo'lmasa kerak. Chunki mavsum endigina boshlandi. Natija bo'lmaganidan keyin istalgan futbolchining ketgisi keladi. Yana bir taxmin bor: futbolchilarda ishtiyoq tushib ketgan bo'lishi mumkin. Biroq Ronaldu ayni damda ketish haqida o'ylamayotgani aniq. Bu yolg'on ma'lumot. "Daily Express" haqiqatga to'g'ri kelmaydigan xabarni chiqardi deb o'ylayman. Agarda shunday bo'lgan taqdirda ham Ronaldu bu gapni ochiqchasiga aytmaydi", - dedi Barboza.

Oldinroq Ronaldu ushbu mavsumdan keyin "Yunayted"dan ketishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal