Agent: "Nasri xizmatlariga Italiyaning ikki top klubi qiziqish bildirmoqda"

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2017, 10:47
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Samir Nasrining agenti Alen Milyachcho, uning mijoziga Italiyaning ikki top klubi qiziqayotgani haqida aytdi.

Milyachchoning so'zlariga ko'ra, ularning biri "Roma". Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Nasri so'nggi mavsumni "Sevilya"da o'tkazdi.

"Futbolchi avvalgidek "Manchester Siti"ga tegishli, biz esa hozircha takliflarni ko'rib chiqmoqdamiz. U Xitoyga ko'chib o'tishi ham mumkin. Italiyaga to'xtaladigan bo'lsak, u yerda Samir xizmatlariga qiziqayotgan ikki klub bor. Ular top-darajadagi jamoalar.

Monchi uni "Sevilya" uchun xarid qilmoqchi edi, u Nasir imkoniyatlarini biladi. "Roma" darajasidagi jamoa va shahar Samirga qiziq bo'lsa kerak. Ammo biz "Roma"ning loyihasini ko'rib chiqish niyatidamiz" - deydi agent.

Nasri so'nggi mavsum LaLiganing 23 ta uchrashuvida 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RomaNews