Agent Kasilyasda yurak huruji qanday bo'lganini aytib berdi

Aslanov Jasurbek
2 may 2019, 16:37
"Portu" posboni Iker Kasilyasning agenti Karlos Kutropiya futbolchi qanday qilib yurak hurujiga uchragani haqida gapirdi.

"Ikyerda seshanba va chorshanba tongida intensiv mashg'ulot bor edi. Ikkinchi mashg'ulot o'rtasida u ko'kragi, og'zi va qo'lida og'riq his qildi. "Portu" tibbiy shtabidan juda minnatdormiz, ular Ikerni kasalxonaga juda tez eltib qo'yishdi.

Kasilyas xushidan kyetmadi. Iker o'zini yomon his qildi, ammo u yurak huruji deb o'ylamadi. Iker unga nima bo'layotganini tushunmadi va hammasini operaciyadan keyin bildi. Bunaqasi birinchi marta bo'lishi. Hamma bu yangilikdan shokka tushdi" - deydi Kutropiya.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail