Agbonlaxor: "Hozir futbolchilar MYUdan ko'ra, "Aston Villa"ga o'tishni istamoqda"

Mirjalol Normatov
24 okt 2024, 21:17
Sobiq futbolchi Gabriel Agbonlaxorning fikriga ko'ra, futbolchilarga "Manchester Yunayted"dan ko'ra "Aston Villa"ga o'tish qiziqroq ko'rinmoqda.

- Barcha muxlislar Joshua Zirkzining ajoyib futbolchi ekanligini aytishdi. Mana u jamoaga o'tdi, biroq u to'pni ushlab turishni bilmayapti. Unda barchasini o'zgartirish uchun vaqt ko'p, lekin u uchun mavsum juda yomon boshlandi.

- Hozir futbolchilar MYUdan ko'ra "Aston Villa"ga o'tishni istashmoqdami?

- 100 foiz! Birinchidan "Aston Villa" YCHLda o'ynamoqda. Har bir futbolchining orzusi esa YCHLda o'ynash.

Ayni damda "Aston Villa" ularga qaraganda barqaror klub. Unai Emeriga e'tibor bering, barchasi uning qo'lida. Rahbariyatdan biror inson unga biror futbolchi bilan shartnoma imzolash bo'yicha bosim qilmayapti. U o'zi istagan futbolchini olmoqda. Rahbariyatda hech qanday cirk yo'q.

Ular sog'lom fikr qilishmoqda. MYU "Villa"dan katta klubmi? Albatta, juda katta farq bilan, - dedi "Aston Villa"ning sobiq futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Talksport