adidas Chexning qo'lqoplarini Chelsi bazasiga yubordi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2016, 08:27
adidas kompaniyasi Chelsi sobiq posboni Petr Chexning qo'lqoplarini xato oqibatida Kobxem bazasiga jo'natib yubordi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda posbon Arsenalga ko'chib o'tgandi. Yakshanba kuni bu ikki klub Angliya chempionati doirasida to'qnash kelishadi.

The Telegraph nashri xabariga ko'ra, Chelsi xodimlari Chexning qo'lqoplarini ko'rib tezda uni Arsenal bazasiga yuborishga harakat qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk