Abidal "Barselona"ga Dani Alvesh bilan shartnomani uzaytirishni maslahat bermoqda
Aziz Tukhtamuradov
26 dek 2014, 09:30
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Erik Abidal kataloniyaliklar Dani Alvesh bilan shartnomani uzaytirishlari zarur deb hisoblaydi.
"Barselona" Alvesh bilan shartnomani uzaytirishi zarur. Aks holda jamoa ajoyib futbolchidan ayrilib qolgan bo'ladi. U o'zi klubdan ketishni istamagunicha "Barsa"da qolishi kerak", - deydi sobiq futbolchi.