Toshkent - Ostona - Istanbul yo'nalishi bo'ylab Turkiyaga parvoz qilgan hujumchimiz, kecha tegishli vizani qo'lga olib, Xorvatiya poytaxtiga yetib bordi. Bugun u Split shahrida "Xayduk" rahbariyati bilan uchrashadi va rasmiy shartnomasini imzolaydi.
Avval xabar berib o'tganimizdek, Temurxo'ja Abduxoliqov "Xayduk" bilan 2.5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolayapti. Jamoaning o'zi esa Yevropa ligasida qatnashish huquqini beruvchi o'rinlar uchun kurash olib boradi. Ayni paytda "Xayduk" turnir jadvalida 47 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy olib turibdi. "Dinamo" (Zagreb) hisobida 53 ochko mavjud.