Abduvohid Ne'matov: "Milliy terma jamoada berilgan imkoniyatdan foydalanish kerak"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2020, 18:48
O'zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig'inni qizg'in tarzda davom ettirmoqda.

Bugungi mashg'ulotlar boshlanishidan oldin iqtidorli yosh darvozabon Abduvohid Ne'matov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Milliy terma jamoa libosida maydonga tushishi har bir futbolchining orzusi va maqsadi hisoblanadi. Bunga yetishganimdan xursandman. Milliy jamoada berilgan imkoniyatdan foydalanish kerak. Murabbiylar terma jamoa yig'iniga jalb qilishmoqda va uchrashuvlarda ishonch bildirishyapti. Barchamizning maqsadimiz Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish. Umid qilamanki xalqaro uchrashuvlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib bayrog'imizni balandga ko'taramiz. 

Bo'lajak o'yinlar haqida nima desam bo'ladi, arab jamoalari to'psiz harakat qilishni yoqtirmaydi. O'z o'yinimizni to'g'ri yo'lga qo'ya olsak hammasi biz uchun yaxshi bo'ladi deb o'ylayman",- deydi Abduvohid Ne'matov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia