Abdurashid Ismoilov: “Xorazm” jamoasi menda yaxshi taassurot qoldirdi”

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2016, 12:26
O'zbekiston birinchiligi 16-turidan o'rin olgan “UzDongJu” - “Xorazm” 2:1 bahsidan so'ng “UzDongJu” jamoasining bosh murabbiyi Abdurashid Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik:
“Bugungi o'yin oldigisi singari shiddatli, hujumkor ruhda o'tdi. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, lekin ularning faqat ikkitasidan foydalandik xolos. Ikkinchi bo'limda hujumchilar, yarim himoyachilarimizda vaziyatlar bo'ldi, afsuski ulardan foydalana olmadik. Tajribali darvozabon G'ayrat O'daev ko'plab vaziyatlarimizni yo'qqa chiqardi. O'yinning oxirida arzimas xato tufayli to'p o'tkazib yubordik, muhimi kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Keyingi o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rib o'z mavqeimizni yaxshilab borishga harakat qilamiz.

“Xorazm” jamoasi ham menda yaxshi taassurot qoldirdi, tarkibida 2-3 nafar tajribali o'yinchilar yonida ko'plab yoshlar to'p tepishmoqda.
Fursatdan  foydalanib bizga sharoitlarni yaratib kelayotgan rahbarlarimizga, ko'rsatgan mazmunli o'yinlari uchun futbolchilarimizga, issiq xavo bo'lishiga qaramay stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat aytaman - deb so'zini yakunladi Ismoilov.

“UzDongJu” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia