Abbosbek Fayzullaev: "Orzumdagi klub "Barselona", ammo "Real"dan taklif bo'lsa, kim ham rad etardi?!"

Оқил Абдубарноев
29 fev 2024, 20:41
SSKAning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev "Real Madrid"dan taklif kelsa, rad etish-etmasligi to'g'risida fikr bildirdi.

"Real Madrid"dan taklif kelsa, albatta, rozi bo'laman, kim ham bu jamoaga borishni istamaydi? "Barselona" esa - orzumdagi jamoa. Bolaligimda Gvardiolaning tiki-takasiga muxlislik qilganman. Klub hozir inqirozda, ammo bu jarayon o'tib ketadi, deb o'ylayman", - dedi Fayzullaev.

Eslatib o'tamiz, Fayzullaev o'tgan yozda "Paxtakor"dan Moskva klubiga o'tgandi. Bu davrda u barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Чемпионат