"Yuventus" bir kishi kam bo'lib qolgan "Sassuolo"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi

11 yanv 2021, 02:40
Italiya A Seriyasi 17-turi doirasidagi "Yuventus" va "Sassuolo" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.


Yuventus – Sassuolo 3:1
Gol: 51 - Danilo 1:059 - Defrel 1:184 - Remzi 2:1, 90+3 - Ronaldu 3:1

 11 yanvar, 00.45, "Alyanc Stedium"

Yuventus – Shchesni, Danilo, Bonuchchi, Demiral, Frabotta, Keza, Bentankur, Artur, Makkenni, Dibala, Ronaldu.

Sassuolo – Konsili, Kirikesh, Myuldyur, Kiryakopulos, Ferrari, Obiang, Traore, Lokatelli, Djurichich, Kaputo, Defrel.



YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

 90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. Ronaldu uchrashuvning so'nggi daqiqalarda hisobni 3:1 ko'rinishga keltirib qo'ydi                          

Hakam ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi

86. O'zgarish: Kezaning o'rniga Morata, Remsining o'rniga Bernardeski maydonga tushdi

84. ZARBAAAA. Oddei jarima maydonchasiga yorib kirdi va zarba yo'lladi, biroq Shchesni o'z o'rnida

82. GOOOOOOOOOOOOL.Remzi hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirmoqda

79. Ogohlantirish: Kulusevski ham hakam tomonidan ogohlantirildi

77. ZARBA.Georgios Kiryakopulosning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

74. AJOYIB IMKONIYAT. Ronaldu darvozabon bilan birga bir chiqib bordi va zarba yo'lladi, biroq Konsili o'z o'rnida

73. O'zgarish: Mert Myuldyur o'rniga Brian Oddei maydonga tushmoqda. Brian uchun Italiya chempionatidagi debyut uchrashuv bo'ladi

71. Ogohlantirish: Frabotta hujumchni ochiqchasiga to'xtatishga harakat qildi va sariq kartocha oldi

70. ZARBAAAA. Burchakdan uzatilgan to'pga birinchi bo'lib Rabio boshi bilan zarba yo'lladi, biroq zarbaga yana aniqlik yetishmadi

67. O'zgarish: Mehmonlar safida hozirga yagona bo'lib turgan gol muallifi Defrel maydonni tark etdi, uning o'rniga Boga maydonga tushdi

66. ZARBAAAA. Kezaning zarbasi ustunga tegib, maydondan chiqib ketdi.

65. UXXXXXX. Ronaldu yaxshi imkoniyatga chiqib bordi, biroq so'nggi nuqtani qo'yishga ulgurmadi

Traore qanotdan yaxshi harakat qilib Defrelga to'pni uzatdi, hujumchi esa Bonuchchidan chiroy tarzda o'tib ketdi va zarba yo'llab, hisobni tenglashtirmoqda.

59. GOOOOOOOOOOOOL. Greguar Defrel hisobni tenglashtirmoqda

54. Mehmonlar darvozasidan to'p olib chiqanidan so'ng hujumga o'tishga harakat qilishmoqda. Traorening uzatmasi to'g'ri Yuventus darvozaboning qo'liga bordi

Danilo jarima maydonchasiga kirmasdan kuchli va aniq zarba yo'lladi, mehmonlar darvozaboni hech nima qila olmadi va darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi

51. GOOOOOOOOOOL. DANILOOOOOO hisobni ochmoqda

46. O'zgarish. Bentankur o'rniga Rabio tushdi.

46.  O'zgarish: Mehmonlar ikkinchi bo'limning boshida ikkita o'zgarishni amalga oshirdi. Kaputo va Jurichich maydonni tark etdi. Ulaning o'rniga Maksim Lopes va Jeremi Tolyan maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha uchrashuvda hisob ochilmadi

45+2. UXXXXX. Mezbonlarda ajoyib imkoniyat bor edi, biroq Ronaldu to'pni darvozaga yo'llashga ulgurmadi

Hakam birinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

45+1. CHETLATISH. VAR Obiangning qo'polligini qayta ko'rib chiqdi va juda qo'pol harakat deb baholadi va chetlatildi 

44. Ogohlantirish: Obiang hakam tomonidan ogohlantirildi

42. O'zgarish: Mezbonlar birinchi bo'limda ikkinchi marta majburiy o'zgarish qilishga majbur bo'ldi. Dibala jarohat olib maydonni tark etdi, uning o'rniga Deyan Kulusevski maydonga tushdi

41. Uchrashuvda to'xtalish. Mezbonlar yetakchilaridan biri Dibala maydonda  yotibdi, katta ehtimol bilan argentiniyalik futbolchi maydonni tark etadi

40.ZARBAA. Remzi 25 metrlardan zarba yo'lladi, biroq zarbaga yana aniqlik yetishmadi

37. ZARBA. Kaputo jarima maydonchasiga kirmasdan kuchli zarba yo'lladi, biroq zarbaga aniqlik yetishmadi

35. Ogohlantirish: Rodrigo Bentankur juda qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi

27. To'p asosan maydon markazida bo'lib turibti. Hech bir jamoa hujum qilishga shoshilmayabti

19. O'zgarish: Makkenni maydoni tark etdi, uning o'rniga Aaron Remzi maydonda harakat qiladi.

17. Ogohlantirish. Mezbonlar himoyachisi Ferrari hakam tomonidan ogohlantirildi

14. ZARBAA. Obiangning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

13. Ogohlantirish. Uchrashuvdagi ilk sariq kartochkani mezbonlar sardori Bonuchchiga nasib qildi

11. XAVFLI VAZIYAT. Makkenni raqib jarima maydonchasi ichida ajoyib harakat qildi va to'pni Frabottaga uzatdi, biroq mezbonlar himoyachisining zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi

8. UXXXXXX. Dibala qanotdan to'pni uzatdi, to'pga birinchi bo'lib Ronaldu boshi bilan zarba yo'lladi, biroq biroz noaniq.

4. Qanotdan Yuventus futbolchilari uzatmani amalga oshirdi, biroq Ronaldu to'pga yetib bora olmadi

2. ZARBAA. Filip Djurichich jarimaga kirmasdan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p Daniloga tegib burchakka chiqib ketdi.

Uchrashuv boshlandi!


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia