A seriya. Turin derbisida "keksa sinora" minimal hisobda g'alaba qozondi
3 noya 2019, 02:45
Italiya chempionati 11-tur markaziy uchrashuvlaridan yana biri yakunlandi.
Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golga "Yuventus" himoyachisi Matteys De Ligt mualliflik qildi. Mazkur g'alabadan keyin "Yuve" hisobidagi ochkolar sonin 29 taga etkazib olgani holda musobaqa karvonboshiligini saqlab qoldi.