

Italiyalik sobiq laynsmen “Yuve”da hakamlik bilan bog'liq masalalar bilan shug'ullanadi, qolgan tafsilotlar esa ochiqlanmagan.
E'tiborlisi, 2012 yil Majani “Yuventus” ishtirokidagi o'yinda “Kataniya”ning goli bekor qilinishiga sababchi bo'lgandi. Avvaliga bosh hakam golni qayd etgan, ammo qanot arbitri bilan suhbatdan keyin qarorini o'zgartirgandi. Mazkur bahsdan so'ng esa “Kataniya” prezidenti Antonio Pulvirenti Luka Majanini turinliklarga muxlislik qilishda ayblagandi. Biroq, Italiya hakamlar assotsiatsiyasi buni rad etgan.



