A Seriya. “Roma” – “Inter” bellashuvi jangavor durang bilan yakunlandi

Eldor Akmurzayev
20 iyul 2020, 02:45
Italiya chempionati 34-turidan o'rin olgan Rimdagi bahs yakunlandi.

Bahsda hisob 15-daqiqada mehmonlar himoyachisi Stefan De Vrey tomonidan ochildi. 1-taymga qo'shib berilgan daqiqalarda Leonardo Spinaccola oradagi farqni tikladi. 2-bo'lim boshlarida Genrix Mxitaryan aniq zarbasi bilan, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 87-daqiqada esa Romelu Lukaku penaltidan raqib darvozasini ishg'ol etib, o'yindagi yakuniy hisobni belgiladi – 2:2.

“Neradzurrilar” turnir jadvalida 72 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda, “bo'rilar” esa 58 ochko to'plagan holda 5-pog'onada turibdi.

Roma – Inter 2:2

Stadio Olimpiko

Gollar: 0:1 – 15 de Vrey, 1:1 – 45 Spinaccola, 2:1 – 57 Mxitaryan, 2:2 – 88, penalti Lukaku.

Roma – Lopes, Spinaccola, Kolarov, Rojer (Smolling, 74), Bruno Peres, Mxitaryan (Karles Peres, 84), Diavara (Kristante, 69), Pellegrini (Perotti, 83), Veretu, Manchini, Djeko.

Inter – Xandanovich, Bastoni (D`Ambrozio, 82), de Vrey, Shkrinyar, Yang (Biragi, 67), Brozovich, Galyardini (Eriksen, 69), Barella, Kandreva (Mozes, 67), Sanches, Martines (Lukaku, 67).

Ogohlantirishlar: Barella (23), Lopes (72).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia