

Biroz avval yakuniga etgan "Inter" va "Parma" jamoalari o'rtasidagi bahsda kuchlar teng keldi. Jervinoning gollari evaziga uchrashuvda dastlab "Parma" oldinga chiqib oldi. 62-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda milanliklar yarim himoyachisi Marselo Brozovich hisobni qisqartirgan bo'lsa, hakam tomonidan qo'shib berilgan 2-daqiqada Ivan Perishich tomonidan urilgan gol "Inter"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi → TURNIR JADVALI
Inter – Parma 2:2
31 oktyabr, 01.00, "Djuzeppe Meacca (San-Siro)"
Gollar:
0:1 – 46 Jervino, 0:2 – 62 Jervino, 1:2 – 64 Brozovich, 2:2 – 90+2 Perishich.
Inter – Xandanovich, Xakimi (Yang, 78), Kolarov, Ranokkiya, Darmian (Pinamonti, 68), Perishich, Galyardini (Brozovich, 59), Eriksen (Vidal, 58), Barella (Nainggolan, 78), de Vrey, Martines.
Parma – Sepe, Peccella, Yakoponi, Galolo, Balog, Ernani, Grassi (Brugman, 84), Kucka, Kurtich (Zom, 74), Jervino (Sipren, 74), Kornelius (Ingleze, 46).
Ogohlantirishlar:
Ernani (23), Ranokkiya (67).




