A Seriya futbolchisidan doping topildi

Aslanov Jasurbek
9 mar 2018
"Kalyari" yarim himoyachisi Joao Pedro kelasi uchrashuvlarda maydonga tushmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, taqiqning sababi braziliyalik futbolchi doping-testdan o'ta olmagani bo'ldi. Doping-test taqiqlangan vositaga ijobiy natija berdi.

Joriy mavsum 25 yoshli futbolchi "Kalyari" safida A Seriyaning 21ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

Joao Pedro bungacha "Atletiko Mineyro", "Palermo", "Vitoriya Gimaraynsh", "Penyarol", "Santos" kabi klublarda to'p tepgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football-Italia