"Yuventus" yetakchisining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2025
"Kalyari"ga qarshi o'yin "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich uchun muddatidan oldin yakunlandi (2:1), u atigi yarim soatdan keyin maydonni tark etdi.

Ma'lum bo'lishicha, serbiyalik futbolchi ancha vaqtga safdan chiqqan.

"Yuventus" o'z bayonotida Vlaxovichning jarohatini tasdiqladi, ammo uning qancha vaqt safdan chiqishini hali taxmin qilolmayapti.

"Tadqiqotlar chap tomondagi uzun yaqinlashtiruvchi muskulning jiddiy yorilishini aniqladi. Eng mos davolashni aniqlash uchun qo'shimcha tibbiy maslahatlar talab qilinadi", – deyiladi bayonotda.

Italiya OAVning xabar berishicha, hujumchi ikki-uch oy davomida maydonga tushmaydi. Jamoa murabbiyi Luchano Spalletti ham shunga o'xshash fikrda.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia