

Biroz avval Sesk Fabregas boshqaruvidagi jamoa "Real" a'zosi Niko Pazni sotib olish arafasida ekanligi haqida xabar bergan edik.
Varan, Reyna, Belotti... "Komo" endi "Real" futbolchisini sotib olmoqchi
Mashhur insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Komo" shu haftada yana ikki nafar o'yinchi bilan shartnoma imzolash arafasida. Bular: "Barselona" bilan shartnoma muddati tugagan Serxi Roberto va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Maksimo Perrone. Perrone o'tgan mavsumni ijara asosida Ispaniyaning "Las Palmas" jamoasida o'tkazgan (LaLigada 29ta o'yinda maydonga tushgan).




