93 va 96-daqiqalarda gollar kiritilgan Kavkaz derbisida durang qayd etildi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2017, 23:46
Rossiya chempionatining 15-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvi ham o'z yakuniga etdi.

“Axmat” va “Anji” klublari o'rtasidagi Kavkaz derbisida dramatik yakun kuzatildi. O'yindagi har ikki gol hakam tomonidan asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda, aniqrog'i 93 va 96-daqiqalarda darvoza to'ridan joy oldi.

Avvaliga mezbonlar 93-daqiqada Anxelning bosh bilan bergan zarbasi evaziga hisobni ochishdi. Oradan 3 daqiqa o'tib, endi Danchenkoning standart vaziyatdan to'p uzatishidan so'ng Yakovlev bosh bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:1.

Bugungi durangdan so'ng “Axmat” klubi 18 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi. “Anji” esa 13 ochko bilan 15-pog'onadan joy olgan. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif