8 oy oldin 5 yilga futboldan chetlatilgan Ilhom Mo'minjonov keyingi yil murabbiylikka qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 noya 2019, 11:59
2019 yil 1 aprel kuni O'FA Etika qo'mitasi “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov borasida qaror qabul qilgan edi.

Unga ko'ra Mo'minjonov 2017 yil mavsumida kelishilgan o'yinlarni tashkil qilish, jumladan, o'yin natijasiga ta’sir qilish maqsadida “Navbahor lochinlari” PFKning bir qator futbolchilarini o'yinni sotishga undagani uchun, O'FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan 50.000.000 (ellik) million so'm miqdoridagi jarimaga tortilgan va 5 (besh) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan edi. 


"Katta ehtimol kelasi yili Ilhom Mo'minjonovga qo'yilgan diskvalifikaciya olib tashlanadi va mutaxassis murabbiylik faoliyatini rasman davom ettirishi mumkin bo'ladi. Agarda murabbiy diskvalifikaciyasi echiladigan bo'lsa, unda Mo'minjonov unga da'vogarlik qilayotgan ikkita jamoadan biriga o'tishi mumkin", - deb yozadi Shahboz Beg'amov telegramdagi o'z kanalida. 


Shu yilning iyun oyida Ilhom Mo'minjonov championat.asia saytiga videointervyu bergan hamda aybdor emasligini ma'lum qilgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia