75 yoshli Nepomnyashiy iste'foga chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
19 sen 2018, 03:23
Bir paytlar O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Paxtakor”ni boshqargan Valeriy Nepomnyashiy “Baltika” klubi bosh murabbiyligidan ozod qilindi.

Bosh murabbiy vazifasini vaqtincha Valeriy Klimov bajarib turadi. Bu mutaxassis Nepomnyashiy shtabida bosh murabbiyga yordam berib kelayotgandi. 

Ma'lumot uchun, 75 yoshli Nepomnyashiy “Baltika”ni shu yilning yozida qabul qilib olgandi. Klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan Valeriy Kuzmich 11-turdan so'ng iste'foga chiqdi. “Baltika” 10 ochko bilan Rossiya birinchi divizionida 16-o'rinni egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif