O'zbekiston MTJ sobiq bosh murabbiyi: "O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishi hayratlanarli"

Sherzod Nurmatov
24 mar 2025, 11:58
O'zbekiston termasining sobiq ustozi Valeriy Nepomnyashiy milliy jamoaning JCH-2026ga chiqish ehtimoli haqida gapirdi.

"O'zbekiston yoshlar terma jamoasi so'nggi paytlarda ancha kuchayib, Olimpiadada ham qatnashdi. Mamlakatda yoshlar futboli bo'yicha ko'p ish olib borilmoqda, endi ular ulg'ayishdi – bu ish asosiy jamoada ham o'z aksini topdi. Ayrim futbolchilar allaqachon Yevropada o'ynayapti – o'sha Husanov va Shomurodov. Bir tomondan, O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishi hayratlanarli bo'lsa, ikkinchi tomondan, shunday bo'lishi ham kerak. Bu yaxshi ishning natijasi va ajoyib yutuq bo'ladi", – dedi 81 yoshli Nepomnyashiy.

Rossiyalik mutaxassis 2006 yilda O'zbekiston terma jamoasiga murabbiylik qilgan va futbolchilarni 6 o'yinda maydonga boshlab tushgan.

Jahon chempionati saralashi guruh bosqichining etti uchrashuvidan so'ng O'zbekiston ochkolari sonini 16 taga etkazib, "A" guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda. Terma jamoa ertaga Eronga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yin 21:00 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.com