7 yildan keyin yana MYU futbolchisi xet-trikka erishdi

25 iyun 2020, 00:11
Biroz avval yakuniga etgan bahsda "Manchester Yunayted" "Sheffild Yunayted" ustidan g'alaba qozondi (3:0).

O'yindagi barcha gollar "qizil iblislar" forvardi Antoni Marsyal tomonidan urildi – bu uning uchun nafaqat MYU, umuman klublar darajasidagi ilk xet-trik (284-o'yinida).

Bunga qadar MYU futbolchisi tomonidan urilgan xet-trik 7 yil (263 o'yin) oldin qayd etilgan. 2013 yilning aprelida Robin van Persi "Aston Villa" darvozasiga 3 bor yo'l topgandi.

Shuningdek, Marsyal joriy mavsum MYU safida urilgan gollari sonini 19taga etkazib olgani holda shaxsiy rekordini yangiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports