41 yoshli Zlatan Evro saralashida maydonga tushgan yoshi eng katta futbolchi bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2023, 07:30
Zlatan Ibragimovich Evro saralashlari tarixida maydonga tushgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi.

Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi 41 yosh 172 kunligida Yevropa chempionatining saralash bahsida maydonga tushdi. 

Zlatangacha Evro saralashlaridagi eng qariya futbolchi Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Dino Zoff hisoblanardi. 1983 yilda maydonga tushganda Zoff 41 yosh 3 oylik edi. 

Qayd etish lozim, Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasi safida 122 ta o'yin o'tkazib, 62 ta gol urgan. U terma jamoasining eng yaxshi to'purari hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru