Rasman: Abduqodir Husanov - "Manchester Siti" futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2025, 23:02
"Manchester Siti" nihoyat barcha o'zbekistonliklar kutgan yangilikni e'lon qildi.

"Lans" sobiq futbolchisi, O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov "Manchester Siti" futbolchisi sifatida e'lon qilindi. "Shaharliklar" bu ma'lumotni o'zning barcha sahifalariga joyladi. 20 yoshli Husanov "Siti"da 45 raqam ostida to'p tepadi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, "Manchester Siti" bu transfer uchun "Lans"ga 45 mln. evro va bonus sifatida yana 5 mln. evro to'laydi.

Abduqodir Husanov Manchester klubi bilan 4,5+1 yillik sxemasidagi bitimni imzolagan.

Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov Football Group agentligining mijozi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mancity.com