

Nasaf bilan shartnomasi yakuniga etgan darvozabonga mamlakatning uch yetakchi jamoalari qiziqishmoqda. Yakunda Umidjon Ergashev uchun kurashda Navbahor jamoasi ustunlik qilib, iqtidorli darvozabon deyarli og'zaki kelishuvga erishdi.
Ergashev Nasaf tarkibida jami 70 ta o'yinda maydonga tushib, 69 ta gol o'tkazib yuborgan. 24 ta bahsda o'z darvozasidan gol o'tkazmagan.



