

"Bunyodkor" klubining telegramdagi rasmiy sahifasi ushbu xabarga munosabat bildirdi:
"Bugun championat.asia saytida chop etilgan xabar yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, jamoamizning iqtidorli futbolchisi, akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Mahmudjon Mahamadjonovning “Bunyodkor” futbol klubi bilan amaldagi shartnomasi bor. Himoyachini jamoa bilan xayrlashishi haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq. Mahamadjonovning “Bunyodkor” futbol klubidagi faoliyati uzoq yillar davom etadi va Mahmudjon o'zini shu darajaga chiqishiga sababchi bo'lgan jamoa bilan yuksak marralarni zabt etadi", - deb yozadi "Bunyodkor" matbuot xizmati.

Eshitdik-da! Bunyodkorning yana bir mahoratli futbolchisi Paxtakorga o'tmoqda



