Samarqandga katta futbol qaytgan oqshomda "Dinamo" "Andijon" bilan murosa ko'chasini tanladi

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2024
"Dinamo" hamda "Andijon" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 12-tur uchrashuvi boshlandi.


"Dinamo" - "Andijon" 1:1(TUGADI)
22 iyun 2024 yil. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Farruh Yansupov, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Dauletbay Amanbaev
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Amal Sultonov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Shohruh Said

Gol: Anvar Xojimirzaev (Francis Narx) 36, 1:0, Bektemir Abdumannonov (Ilhom Abdug'aniev) 69, 1:1

"Dinamo": 13.Ravshan Yagudin, 3.Ulug'bek Abdullaev, 4.Odil Abdumajidov, 7.Fransis Narx (9.Xumoyunmirzo Iminov,63), 8.Xislat Halilov (11.Damir Temirov,72), 10.Joel Kojo, 17.Salim Mustafoev, 20.Franssisko Ferreyra, 21.Anvar Xojimirzaev, 22.Sanjar Shoahmedov (35.Emmanuel Yagr, 63), 44.Dushan Miyich.

Zaxira: 1.Farhod Rahmatov,   14.Bahodir Nasimov, 18.Dilshod Rahmatullaev, 29.Vladimir Kozak, 30.Abubakir Mo'ydinov, 77.Vohid Oqbo'taev.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.Sherzod Esanov (21.Ildar Mamatkazin,90), 9.Levan Arveladze, 13.Sardor Azimov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhodjon Sohibjonov, 26.Muhammadkarim Toirov ( 10.Ilhomjon Abdig'aniev,46), 28.Islombek Mamatkazin, 71.Bektemir Abdumannonov, 77.Rustam Turdimurodov (14.Abdurahmon Komilov,90)

Zaxira: 72.Igor Litovka, 4.Marlen Chobanov, 8.Farhodbek Bekmuratov,  11.Sunnatulla Abdullajanov,  19.Suhrob Berdiev,  99.Shahrom Samiev.

Ogohlantirish: Levan Arveladze ("Andijon") 45+2, Sardor Azimov ("Andijon") 54, Sherzod Esanov ("Andijon") 62, Ratino ("Dinamo") 80

Chetlatish: Islombek Mamatkazin ("Andijon") 89

MATNLI TRANSLYATSIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90. O'ZGARISH. "Andijon", Rustam Turdimurodov o'rniga Abdurahmon Komilov, Sherzod Esanov o'rniga Ildar Mamatkazin tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga Yansupov 5 daqiqa qo'shib berdi. 

89. CHETLATISH. "Andijon", Islombek Mamatkazin.

88. Islombek Mamatkazin "Dinamo" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam ehtimoliy qizil kartochkani VARda ko'rmoqda. 

80. OGOHLANTIRISH. "Dinamo", Ratino

75. O'ZGARISH. "Andijon", Bektemir Abdumannonov o'rniga Shahram Samiev tushdi. 

72. O'ZGARISH. "Dinamo", Hislat Halilov o'rniga Damir Temirov tushdi. 

69. GOL. "Andijon"ning ko'rinmas quroli Bektemir Abdumannonov aniq va kuchli zarba bilan Yagudin darvozasiga yo'l topdi, 1:1

67. ZARBA. Yagr birga bir vaziyatda gol ura olmadi. Adhamovga ham seyv uchun rahmat. 

63. O'ZGARISH. "Dinamo", Francis Narx o'rniga Humoyunmirzo Iminov, Shoahmedov o'rniga Emmanuel Yagr tushdi. 

62. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Sherzod Esanov

54. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Sardor Azimov

52. ZARBA. Xojimirzaevning kuchli zarbasi raqib darvozasiga to'g'ri bordi. Zarbani Adhamov qaytardi. 

46. O'ZGARISH. "Andijon", Muhammadkarim Toirov o'rniga Ilhom Abdug'aniev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45+2. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Levan Arveladze

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

40. Anvar Xojimirzaevning qulay uzatmasini Kojo darvozaga tepa olmadi. 

36. GOL. "Dinamo" uchrashuvda hisobni ochdi. Anvarjon Xojimirzaev "Andijon" jarima maydonchasi ichida erkin o'ynab aniq zarba bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi. 

32. ZARBA. "Andijon"dan yaxshi yurish, Sohibjonovning zarbasi kuchli lekin noaniq chiqdi. 

28. O'yin tengkurashlar ostida davom etmoqda. 

21. ZARBA. "Dinamo"dan keskin hujum. Xojimirzaevning zarbasi darvoza to'riga borib tushmadi. 

19. ZARBA. Kojo bitta uzatma bilan Narxni zarba poziciyasiga olib chiqdi. Narxning zarbasi yo'liga Esonov qalqon bo'ldi. 

17. ZARBA. Farhod Sohibjonov jarima maydonchasiga yaqin joyda zarba yo'lladi. Yagudin to'pni qaytardi. 

13. "Andijon"dan xavfli hujum. Yakun samarasiz. 

7. "Andijon" posboni Eldor Adhamov Ratinoning zarbasini qaytardi. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia