Mbappe va Enrike o'rtasidagi munosabatlar nega yomonlashdi?

Aslanov Jasurbek
2 mar 2024, 17:54
Luis Enrike va Kilian Mbappe o'rtasidagi munosabatlar yomonlashmoqda.

PSJ bosh murabbiyi ketma-ket ikkita o'yinda forvardni almashtirib yubordi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi va murabbiy o'rtasidagi munosabatlar 15 fevralgacha yaxshi edi, ammo o'sha kuni Mbappe jamoadoshlariga Parij klubini tark etishini ma'lum qildi.

PSJdagilarning takidlashicha, "Monako"ga qarshi bahsda Mbappening almashtirilishi va Kilianning zaxiraga emas, kiyinish xonasiga kirib ketishi jamoadagi atmosferaga salbiy ta’sir qilmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport