36 million maosh + 3 million bonus

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyun 2023, 15:44
Eduar Mendi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo'ldi.

Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasi yaqin soatlar ichida "Chelsi" darvozaboni Eduar Mendi transferini rasman e'lon qiladi. Londonliklar darvozabon uchun 16-17 million funt oladi. 

Mendining o'zi esa 2026 yil iyun oyigacha shartnomaga imzo qo'yadi. Kiperning yillik maoshi 12 million dollar va 3 million bonusni tashkil qiladi.

Senegallik darvozabon "Chelsi"ga 2020 yilning sentyabr oyida kelgandi. O'tgan vaqt mobaynida u "aristokratlar" libosida 105 ta o'yinda madyonga tushib, 86 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо