Eshitdik-da! "Buxoro" xorvatiyalik himoyachi bilan og'zaki kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2023, 16:44
Xorvatiyalik himoyachi Frane Ikich faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishi mumkin.

Bizga ma'lum bo'lishicha, 29 yoshli futbolchi "Buxoro" bilan og'zaki kelishuvga erishgan. 

Ikich faoliyati mobaynida Xorvatiya, Sloveniya, Vengriya, Bosniya va Gertsegovina klublarida harakat qilgan. Shuningdek, Xorvatiyaning U-19, U-20 va U-21 termalarida o'ynagan.

Uning so'nggi klubi Bosniya va Gertsegovinaning "Velej" jamoasi edi.

Transfermarkt portali futbolchini 200 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia